Korxona vakillari Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 15-19 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etmoqda.
Yarmarka doirasida tog‘-kon metallurgiyasi, zargarlik buyumlari, neft-gaz, kimyo sanoati, elektr energetikasi, farmatsevtika, tekstil va yengil sanoat, charm-poyabzal, qurilish materiallari, oziq-ovqat, mebelsozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik hamda turizm yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli taqdimotlar tashkil etilgan.
Mazkur nufuzli tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizim korxonalari qatorida “Navoiyuran” DK ham faol ishtirok etib, o‘z faoliyati, ishlab chiqarish salohiyati hamda hamkorlik istiqbollarini namoyish etmoqda.
Yarmarka yangi hamkorliklar, tajriba almashuvi va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.








