2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib ot’di

Ma’lumki, 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasini yo’lladi.

Ushbu Murojaatnomada mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini izchil rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillar uchun ustuvor vazifa va maqsadlar belgilab berildi.

Shu munosabat bilan “Navoiyuran” davlat korxonasida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini mehnat jamoasiga keng tushuntirish va amaliy chora-tadbirlarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga korxona bosh muhandisi Anvarjon Saparov rahbarlik qildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Ilyos Jumayev, korxona rahbariyati, muhandis-texnik xodimlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Murojaatnomada qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, sanoatni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat intizomi va huquqiy madaniyatni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini chuqurroq ochib berish, unda belgilangan vazifalarning huquqiy asoslari va amaliy ahamiyatini tushuntirish maqsadida Navoiy yuridik texnikumi direktori Dilshod Murtazoyev taklif etildi. U o‘z ma’ruzasida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar har bir tashkilot va mehnat jamoasi oldiga aniq vazifalar qo‘yayotganini, ularni izchil va mas’uliyat bilan amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borish zarurligi qayd etildi.

Sahifalar

Category

Skip to content