2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DKda 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar

 “Navoiyuran” DK komplayens xizmati sho‘ba boshlig‘i Zoyirjon Urokov brifingda ishtirok etdi. Ushbu brifingda korxonada 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xususan, korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli qarori va sohani tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kuzatuv kengashi tomonidan qo‘yilgan vazifalarga asosan tashkil etilib, quyidagilar amalga oshirildi.

Korxonada korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul bo‘lgan Komplayens xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Korxona Kuzatuv kengashi tomonidan 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, mazkur dasturda belgilangan vazifalar doirasida tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

2025-yil davomida ishga qabul qilingan barcha xodimlar mehnat shartnomalari tuzish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha asosiy ichki me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirildi, shuningdek, shartnoma shartlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi shartlar kiritildi.

Korxonada ishlovchi xodimlarning mehnat shartnomalari, mansab yo‘riqnomalari korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablari asosida shartlar kiritilib, tasdiqlandi.

Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, korxona xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 10 ta o‘quv seminar tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, “Navoiyuran” davlat korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimda ishlovchi xodimlarni va ishga yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv dasturiga muvofiq ISO 37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti”va ISO 37301:2021 “Komplayens menejmenti” tizimlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursini 15 nafar xodim muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Hisobot davrida 75 marta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oishirildi. Jumladan, 5 marta televidenie, 6 marta radio, 8 ta gazeta va jurnallar va 56 marta veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali targ‘ibotlar amalga oshirildi.

Korrupsiyaga qarshi qonunchilik bo‘yicha targ‘ibot ishlari kuchaytirildi, korxonaning korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlari bilan domiy tanishtirib borilishi ta’minlandi. Korxona xodimlari qisqa muddatli an’anaviy va masofaviy o‘quv kurslarida o‘qitildi. Natijada xodimlarning korrupsiyaga qarshi asosiy tamoyil va talablaridan xabardorligi bo‘yicha noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma korxonaning 2 213 nafar xodimi ishtirok etib, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra faqatgina 10,3 foiz xodimlar qoniqarsiz baholandi.

Korxona boshqaruv xodimlari tomonidan taqdim etilgan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar komplayens xizmati tomonidan tahlil etilib, aniqlangan 26 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzasidan korxonaning odob-ahloq komissiyasiga taklif kiritildi. Odob-axloq komissiyasi tomonidan 16 ta holatda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 10 ta holatdagi ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf etildi.

Komplayens xizmati tomonidan korxona xodimlari o‘rtasidagi nepotizm holatlari o‘rganilib, aniqlagan ma’lumot natijasida 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

“Navoiyuran” davlat korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va mavjud xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, 7 marta korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarining samaradorligini monitoring va nazorat qilish amalga oshirildi.

Korxonada korrupsiyaga oid harakatlar yuzasidan 6 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Korxonaga 10 ta korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabarlar kelib tushgan, shundan, 5 ta holatda tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 5 ta holatda murojaatchilarning arizasiga asosan tushuntirishlar berildi.

Davlat xaridlari sohasida o‘tkaziladigan tender (tanlov) xaridlari elektron davlat xaridlari platformalarida o‘tkazilib, tender (tanlov) natijalari mazkur platformalarda ochiq e’lon qilinmoqda.

Korxona bilan shartnomaviy munosabatlarni tuzadigan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslar, kontragentlarni tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, 2025-yil davomida 139 ta kontragentlarni tekshirish haqidagi hisobotlar tuzildi, kontragentlarni tekshirish natijalari bo‘yicha 3552 ta xulosa (cheklist) berildi.

Shartnomalar ijrosi tahlil qilinishi natijasida, ijrosi ta’minlanmagan 10 ta shartnomani bekor qilish qilish choralari ko‘rildi.

2025-yil davomida Korxonada ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” va ISO 37301:2021 “Komplayens menejmenti” xalqaro standartlari joriy etildi.

Sahifalar

Category

Skip to content