“Navoiyuran” — gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy tashkilot
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mamlakat miqyosida “Gender tenglik faoli” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi.
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi — tashkilotlarda gender tenglikka oid siyosatni shakllantirish, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga jamoatchilik e’tiborini keng yo‘naltirish, bu yo‘nalishda faol bo‘lgan tashkilotlarni aniqlab, ularning yutuqlarini e’tirof etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
Tanlovning “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tashkilot” nominatsiyasida “Navoiyuran” davlat korxonasi nomidan Dilrabo Xusanova ishtirok etdi hamda barcha tegishli hujjat va ma’lumotlarni Navoiy viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim etdi.
Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra, “Navoiyuran” davlat korxonasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha Diplom bilan taqdirlandi va Respublika bosqichi ishtirokchisi sifatida tan olindi.
 
                                             
                                            