“Navoiyuran”da futbol ruhi: ishchi-xodimlar sog‘lom turmush sari
“Navoiyuran” DK va uning tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ishchi-xodimlarning ishdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu maqsadda Navoiy maydoni hududidagi sport maydonida muntazam ravishda belgilangan kunlari haftada ikki marotaba futbol uchrashuvlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu sport bellashuvlarida korxonaning barcha ishlab chiqarish maydoni sex, uchastka va bo‘linmalari ishchi-xodimlaridan iborat terma jamolalar ishtirok etib kelmoqda.
Kecha, 16-iyul kuni korxonaning Navoiy va Zafarobod maydoni terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi ham ayni maqsadlarga qaratilgan.
Qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonning ham kuchlari teng keldi. Yakunda esa penaltilar seriyasida korxona Boshqarmasi, Uran ishlab chiqarish zavodi va Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlaridan iborat Navoiy maydoni terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘yin so‘nggida barcha faol ishtirokchilar hamda g‘oliblarga
6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayev tomonidan topshirildi.





