Quduqlarni kovlash va xizmat ko‘rsatish elektrchilangari (Uchquduq IICHM) 79-507-61-28
Manzil Uchquduq tumani
Tel. raqam 507-61-28
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 3
- Ma`lumoti: O‘rta maxsus
- Bandlik shakli: fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
- Talab etiladigan ish staji: talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 5-razryadli malaka guvohnomasi
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Quyidagilarni bilishi kerak :ishda qo‘llanilayotgan va xizmat ko‘rsatilayotgan burg‘ilash va texnologik qurilmalar, mashina va mexanizmlar, elektr asbob-uskunalar va elektr apparaturalar, o‘lchov asboblari, instrumentlar, har xil ishga yaraydigan va maxsus moslamalarning vazifalari, tuzilishi va texnik tavsiflari; elektrotexnika, elektr chilangarlik va montaj ishlaridan asosiy bilimlar; elektr simlari uchlaridagi izolyatsiyasini olish, kavsharlash va izolyatsiyalash, egiluvchan va zirhlangan kabellar uchlaridagi izolyatsiyalarini olish hamda ulashning usul va yo‘llari; elektr qurilmalari va elektr apparaturalariga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi; xizmat ko‘rsatayotgan uchastkada elektr taʼminoti, yoritish va himoyalovchi zaminlashlarning sxemalari; burg‘ilash va texnologik qurilmalardan foydalanishda qo‘yiladigan texnik talablar; burg‘ilash, quduqlardan foydalanish va unumdor eritmalarni qayta ishlash, elektr tarmoqlari va taʼmirlash va montaj ishlarida qo‘llaniladigan materiallar va moslamalar; mustahkamlash va moylash ishlarini bajarishning tartib va usullari, xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmalarning uzel va agregatlarini moylash sxemalari va davriyligi; qo‘llaniladigan yuvish, neytrallash, moylash va bo‘yash vositalari, ularni saqlash va ular bilan muloqotda bo‘lish qoidalari hamda bo‘yoq qoplamalarini surtish usul va yo‘llari; elektrchilangarlik va o‘lchov instrumentlaridan foydalanish qoidalari va vazifalari; asbob-uskunalarning qism va uzellarini osish va ortish-tushirish ishlarini yuritishning qoidalari; elektr qurilmalarida ishlashga ruxsat berish va ularda ishlayotgan boshqa shaxslarni nazorat qilish tartib va qoidalari; jabrlanganlarga birinchi yordamni ko‘rsatish qoidalari; II va III malaka guruhlari hajmidagi texnika xavfsizligi qoidalari.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi