Sport tadbirlari
Korxona xotin-qizlari voleybolda peshqadam
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.

Turnirning voleybol bosqichida “Navoiyuran” DK xotin-qizlaridan iborat jamoa barcha o‘yinlarda peshqadamlikni qo‘lga olib, faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

Barcha g‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.