SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH SEXIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQLARI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 21-noyabr kuni “Uchquduq” ishlab chiqarish maydonining Sulfat kislota ishlab chiqarish sexida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
- Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat – zilzilalar natijasida sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ob’ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining Uchquduq tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimini (FVDT) tegishli xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.
- Uch bosqichda o‘tkazilgan o‘quv mashqlaridan asosiy maqsad sex rahbar xodimlari, FM tuzilmalari va shaxsiy tarkibining FVDTning Uchquduq tuman hududiy zvenosi kuch va vositalari bilan hamkorlikda kuchli zilzila tufayli sodir bo’lgan zararli moddalar to’kilishi, vayronalar va buzilishlar sharoitida qutqaruv va boshqa kechikitirib bo’lmaydigan tadbirlarni o’tkazishda bilim va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirishdan iborat.
- Shuningdek, sex fuqarolar muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibida qutqaruv va boshqa kechikitirib bo’lmaydigan tadbirlarni o’tkazishda hamkorlikdagi kuch va vositalar bilan o’zaro hamjihat harakatlanish ko’nikmalarini hosil qilish hamda sex fuqarolar muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibida ma’naviy-ruhiy barqarorlik hislatlarini shakllantirish ham asosiy vazifa etib belgilandi.
- O‘quv-mashqiga ishlab chiqarish maydonining fuqaro muhofazasi shtabi, qo‘mondonlik punkti, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shma komissiya va sex bosh mutaxassislari, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi, “NKMK jamg‘armasi” DM 3-sonli tibbiy sanitariya qismining ixtisoslashgan toksikologik shoshilinch tibbiy yordam brigadasi, “Uchquduq” OYoXTTB yong‘in qutqaruv qismi jangovor ekipajlari va avtotransport vositalari jalb etildi.
- Sodir bo‘lgan shartli favqulodda vaziyatlarda barcha ishtirokchilar o‘zlariga belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarishdi va insonlar hayoti hamda moddiy boyliklar saqlab qolindi.
- Yakunda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyor deb baholandi.