2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan korxona jamoasiga bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar, aziz do‘stlar!

Siz, azizlarni, qutlug‘ va ulug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, har biringizga ezgu tilaklarimni yo‘llayman!

Buyuk tarixiy sana — Mustaqilligimizning 34 yilligi bu yil “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ulug‘vor va mushtarak g‘oyani o‘zida mujassam etgan shior ostida nishonlanmoqda. Bu g‘oya har birimizdan Vatan ravnaqi, millat tinchligi va xalq farovonligi uchun sidqidildan mehnat qilishni talab etadi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi sifatida biz ham ana shu ulug‘ maqsadlar sari, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, milliy boyliklarimizni samarali va oqilona boshqarish, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarimizni safarbar etmoqdamiz.

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan 2022-yil 14-iyulda qabul qilingan PQ-319-sonli qaror doirasida korxonada transformatsiya jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar “Navoiyuran”ni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Ayniqsa, korxonamiz so‘nggi yillarda tizimli islohotlar va transformatsiya jarayonlari orqali o‘z faoliyatini yangi pog‘onaga ko‘tardi. 2025-yilning 8 oylik natijalariga ko‘ra, korxona nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirdi, balki xalqaro maydondagi obro‘yini ham mustahkamladi. Bu jarayonda loyiha ofisining tashkil etilishi, geologiya-qidiruv ishlarining jadallashuvi va ESG tamoyillarining joriy etilishi muhim o‘rin tutadi.

Korxonaning har yillik o‘sish sur’atlari – masalan, uran zaxiralari o‘sishida 330% gacha va burg‘ilash hajmida 155,5% gacha – bu sanoatning barqaror rivojlanishining yaqqol isbotidir. Xalqaro hamkorlikning kengayishi esa, dunyoning yirik kompaniyalari bilan birgalikdagi loyihalar orqali, “Navoiyuran”ni global uran bozorida munosib o‘rin egallashga olib kelmoqda.

“Navoiyuran” DKning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2025 yilda o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli o‘sishni namoyish etmoqda. Korxonaning asosiy drayver nuqtasi – uran qazib olish va mineral xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘lib, bu sohada amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Korxonaga 50 dona yangi burg‘ilash uskunasi xarid qilish uchun 150 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani ham o‘sishning asosiy omili bo‘ldi, natijada uskuna soni 129,0% dan 152,0% gacha oshdi. Bu natijalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etib, mamlakat mineral xom ashyo bazasini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Aziz do‘stlar, bugun biz nafaqat o‘tgan yo‘lga nazar tashlayapmiz, balki ertangi kunga ham ishonch bilan qaramoqdamiz. Biz oldimizga aniq maqsad qo‘yganmiz – mintaqaviy uran sanoatida yetakchi, xalqaro maydonda esa ishonchli hamkorga aylanish.

Shu ezgu maqsad sari qat’iyat va birdamlik bilan olg‘a intilayotgan har bir hamkasbimga, har bir mehnatkashga, tinimsiz sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu natijalar “Navoiyuran” davlat korxonasining nafaqat milliy iqtisodiyotda, balki xalqaro maydonda ham strategik ahamiyatga ega yirik kompaniya sifatida mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad – uran sanoatida mintaqaviy yetakchi, xalqaro maydonda ishonchli hamkorga aylanish yo‘lida qadam-baqadam borgan holda, barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda davom etamiz. 

Qadrli jamoadoshlar!

Sizlarni butun qalbimdan yana bir bor Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm sursin! Har bir oilada fayz va totuvlik, farzandlarimizning kelajagi yorug‘, istiqbolli bo‘lsin! Har kunimiz shodu-hurramlik, yangilanish va fidoyilik ruhida o‘tsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

1 просмотр • Ошибка в превью?

Sahifalar

Category

Skip to content