2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Axborot texnologiyalari boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashda innovatsiya: manfaatlar to’qnashuvini aniqlaydigan elektron baza yaratish

Bugun axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar kundalik hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida, raqamlashtirish butun dunyo bo‘ylab hukumatlarni modernizatsiya qilish, ular faoliyatida samaradorlikni oshirish va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. 

Axborot texnologiyalari, shuningdek, shaffoflikni oshirish, jamoatchilik nazorati uchun ma’lumotlarni taqdim etish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, mansabdor shaxslar va fuqarolarning xizmatlardan foydalanishda “vositachilar” bilan o‘zaro munosabatlarida ixtiyoriy vakolatlarini cheklash orqali korrupsiyani kamaytirishda asosiy vosita sifatida baholanmoqda.

Masalan, “Navoiyuran” davlat korxonasi Axborot texnologiyalari boshqarmasi xaridlari, litsenziyalar olish kabi jarayonlarni onlayn platformalar orqali amalga oshirish, mazkur jarayonlarning barcha bosqichlarini kuzatish imkonini beradi va korrupsiya xavfini kamaytiradi. Ochiq ma’lumotlar portallari orqali xaridlar, loyihalar haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka ochiqlash esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Korxonada xizmatlarni raqamlashtirish, ochiq ma’lumotlar portallarini yaratish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina korxona xaridlari sohasini olib ko‘raylik. O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi joriy etilgandan so‘ng, bu tizim xarid jarayonlarining shaffofligini oshirib, korrupsiya xavfini kamaytirdi. 

Xususan, barcha tenderlar onlayn tarzda o‘tkazilishi, mansabdor shaxslarning “manfaatli” aralashuvini cheklashga xizmat qildi. Natijada, tenderlarda ishtirok etuvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Bu esa raqobatni kuchaytirib, xarid narxlarining pasayishiga olib keldi. Ayrim tenderlarda narxlar 15-20% gacha pasaygan holatlar kuzatildi. Pirovardida byudjet mablag‘larining sezilarli darajada tejalishiga erishildi. 

Yechim

Bugungi globallashuv davrida korrupsiya davlat boshqaruvi samaradorligiga, iqtisodiy o‘sishga va jamiyatda adolat tamoyillarining qaror topishiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu sababli korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, raqamli yechimlarni tatbiq etish dolzarb masalaga aylandi. Shulardan biri — manfaatlar to‘qnashuvini aniqlaydigan elektron baza yaratishdir.

Manfaatlar to‘qnashuvini oldindan aniqlash uchun yagona elektron ma’lumotlar bazasi yaratish zarur. Ushbu tizim korxona xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotlarni integratsiya qilish, tizimlararo integratsiya, xabardorlik va ogohlantirish moduli kabi asosiy funksiyalarni bajaradi. Shaffoflikni ta’minlash, profilaktik ta’sir ko‘rsatishi, javobgarlik kuchayishi va inson omilini kamaytirish kabi holatlar tizimning asosiy afzalliklari hisoblanadi

Korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatning eng muhim omillaridan biri — bu oldini olish, ya’ni tizimli profilaktika hisoblanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlaydigan elektron baza yaratish nafaqat davlat boshqaruvida shaffoflikni oshiradi, balki fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shunday qilib, mazkur innovatsion yechim korrupsiyani kamaytirishda, davlat xizmatlari samaradorligini oshirishda va “raqamli halollik” tamoyilini qaror toptirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Shuni alohida e’tirof etish kerak, bugun yurtimizda raqamlashtirishni korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili sifatida qaralib, bu borada sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Shunga qaramay, raqamlashtirishning to‘liq samaradorligi uchun qonun ustuvorligi, jamoatchilik nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan siyosiy iroda kabi boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. 

“Navoiyuran” DK Axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig’i Sh.I.Raxmatov

Sahifalar

Category

Skip to content