2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Korrupsiyaga qarshimiz, taraqqiyot sari olg‘a!

Korrupsiya — jamiyat va davlat tizimini zaiflashtiradigan, adolat va ishonchga putur yetkazadigan juda og‘ir illatdir. U nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham halokatli oqibatlarga olib keladi

So‘nggi yillarda respublika va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida katta sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 5 mart sanasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari avvalo islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini, korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanini ta’kidladilar.

“Navoiyuran” davlat korxonasining tranformatsiya jarayonida ham korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, korxonada bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Xususan, korxonaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etilib, xalqaro standart va milliy qonunchiligimizga asosan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizmlari joriy qilinmoqda.

Jumladan, korxonaning korrupsion xavf-xatarlarni baholash, kontragentlarni va ishga qabul qilishda nomzodlarni kompleks tekshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash tizimlari yaratildi.

Korxonaning har bir xodimini bu jirkanch illatdan ogoh etish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari, seminar-trening va o‘quv dasturlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar korxonaning 30 ta mas’ul yuqori va o‘rta bo‘g‘in xodimlari ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi” xalqaro standarti talablari bo‘yicha o‘qitildi.

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish maqsadida tizimda raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish orqali inson omilini kamaytirish choralari ko‘rilmokda. Jumladan, korxonada xarid jarayonlarini shaffofligini ta’minlash maqsadida 1S:ERP tizimi ishlab chiqilib, tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirilishidan boshlab shartnoma shartlari bajarilishigacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Navoiyuran” DKda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi korporativ veb-sayt ishlab chiqilib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtirib borilmokda. Shu bilan birga, veb-sayt xalqaro ESG standartlari talablariga moslashtirildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni jalb kilish maqsadida korxonaning korrupsiya haqida xabar berish aloqa kanallari yaratilib, 24/7 ishonch telefoni yoki murojaat yo‘llash imkoniyati yaratildi. “Navoiyuran” DK xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha fuqarolar +998(79) 507-00-55 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Hozirda, korxonada ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi”va ISO 37301 “Komplaens boshqarish tizimlari” xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Korrupsiya — bu faqat “boshqalar” emas, hammamizning jamiyatimizga bo‘lgan munosabatimizdan kelib chiqadi. Unga qarshi kurash faqat davlat ishi emas — fuqarolik mas’uliyati hamdir.

“Navoiyuran” DK axborot PR xizmati

Sahifalar

Category

Skip to content