2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Davlat tilida hujjat yuritishda shaffoflik:Rasmiy yozishmalarda inson omili va korrupsiya xavflari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga “Ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishi” belgilab qo‘yilgan.

 “Navoiyuran” davlat korxonasida ham o‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasiga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bugungi kunda hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etishi zarur. Korxonada ana shunday malakaga ega har bir rahbar, xodim, umuman olganda faoliyati ish qog‘ozlarini tuzish bilan bog‘liq xodimlar tomonidan o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalariga qat’iy amal qilib kelinmoqda.

“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining
10-moddasiga ko‘ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Qonun talabidan kelib chiqib, bugungi kunda korxonada hujjatlar: ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari  asosan o‘zbek tilida, korxonada boshqa millat vakillarining ham ishlashlarini hisobga olib, ularning ariza, taklif va shikoyatlari boshqa tillarda ham berilishi ta’minlangan.

Abror Sultonov, Ijro apparati rahbari – Bosh direktorning davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi

Sahifalar

Category

Skip to content