2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati boshlig‘i Nargiza Kenjayeva ishtirokida brifing

Ushbu brifingda “Navoiyuran” davlat korxonasi Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati boshlig‘i Nargiza Kenjayeva korxonada Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish hamda “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi joriy yilning1-yarim yilligida topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida respublikaning “Ijro.gov.uz” tizimiga korxonaning barcha rahbarlari mas’ul ijrochilar qatoriga kiritilgan.

Shunga ko‘ra ijro intizomini yanada mustahkamlash va 2025 yildagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarning kunbay tahlili tasdiqlangan kalendar grafiklar asosida olib borilmoqda.

Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topshiriqlarning amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha  samarali, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etish maqsadida har xafta korxona kesimida muhokamalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida “Navoiyuran” davlat korxonasi mas’ul etib belgilangan barcha topshiriqlar (100%)  ijrosi o‘z vaqtida, samarali va to‘liq hajmda bajarilishi ta’minlandi (muddati o‘tgan topshiriqlar mavjud emas).

Xususan, hisobot davr mobaynida “Ijro.gov.uz” elektron tizimida “Navoiyuran” DK mas’ul etib belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari soni jami 223 tani tashkil etib, shundan muddati yetib kelgan 156 tasi (100%) hamda Vazirlar Mahkamasining
98 ta
topshirig‘idan muddati yetib kelgan 94 tasi (100%) bajarildi hamda nazoratdan yechilishi ta’minlandi.

Shuningdek, bugungi kunda korxonaning “Ijro.navoiyuran.uz” tizimiga Boshqarmaning 287 nafar hamda tarkibiy bo‘linmalarning 840 nafar rahbar va xodimlari to‘liq ulangan bo‘lib, tizimli ravishda hujjatlar ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.

Korxonaning “Ijro.navoiyuran.uz” ichki tizimida jami 856 ta yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan kelib tushgan nazorat hujjatlari bo‘lib, muddati yetib kelgan 796 ta topshiriq bajarilgan. Bundan tashqari korxona rahbariyatining ichki buyruqlari soni 237 tani tashkil etdi.

Topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Hisobot davr mobaynida 2 nafar rahbarga nisbatan topshiriqlarni o‘rnatilgan tartibda bajarmaganligi sababli intizomiy chora ko‘rilgan. Bundan tashqari, 9 ta bildirgi rahbariyat nomiga kiritilgan hamda 18 ta ogohlantirish xatlari bilan belgilangan tartibda o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida xavfi yuqori bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli rahbarlarga yuborilgan.

Shuningdek, korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va topshiriqlar ijrosida har bir rahbar xodimning mas’uliyatini oshirish maqsadida, 2025-yilning 19-martdagi “Navoiyuran” DKning tarkibiy bo‘linmalarida ish yuritish hamda ijro intizomiga oid, shuningdek “Ijro.navoiyuran.uz” tizimidagi ishlar holatini 2025-yilda kompleks o‘rganish maqsadida, tekshiruvlar Jadvali rahbariyat tomonidan tasdiqlangan. Shunga ko‘ra, joriy yilning
1-yarim yilligida Uran ishlab chiqarish zavodi hamda “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Bugungi kunda boshqa tarkibiy bo‘linmalarda ham shu kabi tekshirishlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Xodimlar malakasini oshirish va sohadagi ilg‘or tashiklotlarning tajribasini o‘rganish maqsadida, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan stajirovkada tegishli mas’ul xodimlar professional ko‘nikmalarini oshirib keldi. Stajirovka jarayonida topshiriqlar ijrosida hamda hujjatlarni qayd qilishda Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligining sohadagi yangiliklar, qulayliklar va kompyuter dasturlarini joriy etilganligi joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

Normativ hujjatlar asosida ishlarni tashkil etish, hujjatlar bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, kunlik, haftalik, oylik va yarim yillik ish rejalari asosida sohadagi barcha jarayonlarni tizimli tartibga solish hamda bu borada mas’uliyatni oshirish, har bir bosqichda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tahlil qilib borish, hujjatlarni arxivga topshirish va saqlash tartibi hamda sohaga raqamli texnologiyalarni nafaqat korxona boshqarmasida, balki tarkibiy bo‘linmalarda joriy qilish masalalari bo‘yicha tajriba almashildi.

Sahifalar

Category

Skip to content