2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi shaffoflik tamoyillari

Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli ishlar va qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat tashkilotlarida shaffoflikni ta’minlash, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarida adolat va teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida maxsus me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirish, ochiq e’lonlar va jamoatchilik nazorati kabi vositalar yordamida korrupsion xavflarni kamaytirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu nafaqat davlat boshqaruvida samaradorlikni oshiradi, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun teng va shaffof imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kadrlarni tanlash jarayonining ahamiyati

Kadrlarni tanlash jarayoni har qanday tashkilotning samarali faoliyat yuritishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Agar bu jarayon adolatli, oshkora va kasbiy mezonlar asosida olib borilsa, jamoada sog‘lom muhit shakllanadi va tashkilotning uzoq muddatli rivoji uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Aks holda, korrupsiyaviy omillar natijasida tanlov haqiqiy bo‘lmaydi, malakali mutaxassislar o‘rniga “tanish-bilishlik” orqali ishga kirgan shaxslar tizimga kirib keladi. Shu sababli kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarida korrupsiyaga qarshi shaffoflik tamoyillarini joriy etish muhimdir.

Shaffoflik va adolatni ta’minlash tamoyillari

1. Qat’iy baholash mezonlari

Kadrlar tanlanishda yuqori malaka, tajriba, bilim va ko‘nikmalar asosiy mezon bo‘lishi lozim. Subyektiv qarorlar, shaxsiy manfaatlar va noto‘g‘ri tavsiyalarni cheklash orqali faqat eng munosib nomzodlar ishga qabul qilinadi.

2. Raqamlashtirilgan tizimlardan foydalanish

Tanlov jarayonida inson aralashuvini minimal darajaga tushirish muhimdir. Ariza qabul qilish, test sinovlarini kompyuterda o‘tkazish va natijalarni avtomatik tahlil qilish kabi amaliyotlar korrupsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

3. Jamoatchilik nazorati va ochiq e’lonlar

Ishga qabul jarayonlarining ochiq va shaffof tarzda e’lon qilinishi hamda natijalarning jamoatchilik nazoratida bo‘lishi nomzodlar va fuqarolarda ishonchni oshiradi.

Xulosa

Kadrlarni tanlashda shaffoflik tamoyillariga amal qilish nafaqat adolatli tanlovni ta’minlaydi, balki jamiyatda ishonchni mustahkamlash va malakali kadrlardan iborat kuchli tizim yaratishga xizmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rilsa, har bir tashkilotning samaradorligi oshadi, inson kapitali esa yanada rivojlanadi. Shu bois, shaffoflik tamoyillarini hayotga tatbiq etish har bir soha va tashkilot uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.

 Sherali Axmedov, Uran geologiyasi markazi kadrlar bo‘limi boshlig‘i

Sahifalar

Category

Skip to content