2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayevning Navro’z ayyomi munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar va qadrli do‘stlar!

Yurtimizga tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulik fasli – Navro‘zi olam kirib keldi. Barchamiz orziqib kutgan ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan “Navoiyuran” davlat korxonasining jonkuyar va mehnatsevar jamoasini chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Navro‘z – xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy merosi, qadimiy urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan, tabiat va inson uyg‘unligini tarannum etadigan ulug‘ ayyomdir. Bu bayram ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib etib, millatlar va avlodlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

Davlatimiz rahbarining 2026 yil 6 martda qabul qilingan “2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilda Navro‘z bayrami yurtimizda “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.

Mazkur g‘oyaning mazmun-mohiyati shundaki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish kabi ulug‘ maqsadlar turibdi. Shu ma’noda, Navro‘zning bag‘rikenglik, saxovat va insonparvarlikka chorlovchi qadriyatlari bugungi taraqqiyot yo‘limiz bilan hamohangdir.

Aziz do‘stlar!

Ayni paytda “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoasi ham yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali ado etib kelmoqda.

Korxonamiz faoliyati nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, balki ijtimoiy mas’uliyati bilan ham ahamiyatlidir.

Shuningdek, yangi ishlab chiqarish ob’ektlari, turar-joylar, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi barpo etish orqali korxonamiz xodimlari hamda hudud aholisi uchun munosib mehnat va yashash sharoitlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizning maqsadimiz – faqat ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishish emas, balki ijtimoiy sohada ham faol bo‘lib, xalqimizga xizmat qilishdir. Shu bois ta’lim, tibbiyot, sport va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni izchil davom ettiramiz.

Qadrli hamkasblar!

Navro‘z – yangilanish, ezgulik va umidlar bayrami. Ming yillar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ushbu muqaddas ayyom barchamizni birlashtiradi, yurtimizdagi tinchlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi.

Hammamiz uchun aziz va ardoqli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan sizlarni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayz-baraka, ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Navro‘z har bir oilaga qut-baraka, tinchlik va baxt-saodat olib kelsin!

Ona Vatanimiz tinch va farovon bo‘lsin, yurtimiz taraqqiyoti yanada yuksalsin, jonajon korxonamiz ravnaqi izchil davom etsin!

Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Sahifalar

Category

Skip to content