2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida 2024-yil yakuni, 2025-yilning ustuvor vazifalari muhokama etildi

 Joriy yilning 21-fevral kuni “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Djamal Fayzullayev raisligida korxonaning 2024-yil ishlab chiqarish faoliyati yakunlari hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Navoiyuran” DK Bosh direktorining o‘rinbosarlari, bosh direktorning maslahatchilari, direktorlar, boshqarma, bo‘lim, xizmat va tarkibiy bo‘linmalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona Bosh direktori Dj.Fayzullayev korxonaning 2024-yilning ishlab chiqarish faoliyati yakunlari  hamda 2025-yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida 13,7 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. O‘sish surʼati 2023-yilga nisbatan 128,1 foizga teng bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga 4,6trln. so‘m miqdorida soliqlar va dividendlar to‘landi. Investitsiya dasturi doirasida 125,9  mln. dollarlik mablag‘ o‘zlashtirildi, 122ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 58,7 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 755,8 mlrd. so‘mlik mahsulot xarid qilindi. Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi mahsulot tannarxini 465,3 mlrd. so‘mga kamaytirish imkonini berdi.

Korxona rahbari, o‘z so‘zida avvalo, ishlab chiqarishdagi muammo va dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi hamda bu borada ko‘rsatkichlarning taʼminlanishida ro‘y bergan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarning bajarilish natijalari tahlil qilindi.

Shundan so‘ng, korxonaning 2024-yil yanvar-dekabr oylari uchun belgilangan ko‘rsatkichlar natijalari hamda joriy yilda ishlab chiqarish dasturidagi ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan choralar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.

Xususan, Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis A.Saparov korxonada uran ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining 2024-yilda bajarilishining tahlili hamda 2025-yilda uni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, belgilangan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha aniq takliflar va ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama etildi.

Muhokamalar jarayonida Geologiya bo‘yicha direktor Sh.Jo‘rayev uran zaxirasini o‘stirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda uni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda geologiya yo‘nalishidagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Bosh direktor tomonidan bu borada 2025-yilda belgilangan geologiya-qidiruv natijasida uran zaxiralarini aniqlash va aniqlangan zaxira konlarini davlat zaxirasi balansiga kiritish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. 

Shuningdek, Bosh direktorning Iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari A.Turaboyev “Navoiyuran” davlat korxonasining moliyaviy holati hamda mahsulot tannarhini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, Ta’minot bo‘yicha direktor L.Xamidov “Navoiyuran” DKda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarini xarid qilinganligi, 2025-yilda mahsulot ishlab chiqarishni yanada oshirish uchun hamda investitsiya loyihalari doirasida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida, xaridlarni rejalashtirish va mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Ergashev 2024-yilda Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida, Xodimlar bilan ishlash Departamenti direktori A.Oltinov 2025-yilda uran mahsuloti ishlab chiqarishni oshirish uchun zarur bo‘ladigan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni o‘qitish hamda kasbga tayyorlash, 2025-yilda kam ta’minlangan oilalardagi ishsizlarni ishga olish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

 Bundan tashqari, korxonaning har bir tarkibiy bo‘linmalari tomonidan birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, jumladan, ishlab chiqarishdagi geotexnologik burg‘ilsh ko‘rsatkichlarini bajarish, korxona faoliyati samaradorligini oshirish, joriy yilga mo‘ljallab tasdiqlangan barcha ishlab chiqarish, investitsiya hamda eksport ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, geologiya-qidiruv, mahalliylashtirish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Sahifalar

Category

Skip to content