2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Korxonada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

“Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida korxonada 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 21-noyabr kuni korxona rahbar, muhandis-texnik va ishchi-xodimlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Seminarda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh. Sag‘dullayev korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillar hamda mazkur sohada qabul qilingan qonunchilik va ichki meʼyoriy hujjatlar to‘g‘risida taqdimot qildi.

Korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha 2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

“Navoiyuran” davlat korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimda ishlovchi xodimlarni va ishga yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv dasturiga muvofiq ISO 37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti”va ISO 37301:2021 “Komplaens menejmenti” tizimlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursni 15 nafar xodim muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Korxona xaridlar faoliyati bo‘yicha korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat tadbiri o‘tkazildi. Korxona tomonidan tasdiqlangan xarid rejasi doirasida tovar va asosiy vositalar xaridini nomenklatura, sifat va hajmda xarid qilinishini ta’minlash funksiyasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovarlarni belgilangan muddatlarda yetkazib berilmasligi natijasida shakllangan muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar holati o‘rganildi hamda tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Yaqinda “Navoiyuran” DK Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi eng yirik xalqaro tashabbusi – Global kelishuviga qo‘shildi. BMTning Global kelishuvi inson huquqlari, mehnat munosabatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha universal tamoyillarga amal qiladigan kompaniyalarni birlashtiradi. Korxona BMTning Global kelishuviga qo‘shilganligi kompaniyaning o‘z faoliyatiga mazkur kelishuvning 10 ta tamoyiliga rioya qilishi, korporativ boshqaruvni takomillashtirishi, shaffoflikni oshirishi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini integratsiya qilishga intilishini aks ettiradi.

Bugungi kunda korxona faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaviy harakatlarni oldini olish va bartaraf etishga katta eʼtibor qaratilayotganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, olib borilayotgan ishlar, korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribalar atroflicha tushuntirildi. 

Qayd etish joizki, korxonada Korrupsiyaga qarshi tizimli ishlar investitsiya muhitini yaxshilamoqda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmoqda, ijtimoiy ishonchni mustahkamlamoqda, xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda, uran sanoati barqarorligini ta’minlamoqda.

Korxona xodimlariga korrupsiya tushunchasi, ushbu sohani tartibga soluvchi qonunchilik va ichki hujjatlar, xalqaro standartlar, aniqlangan korrupsiya holatlari bo‘yicha javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida korxona ishchi-xodimlarining savollariga batafsil javoblar berildi.

Sahifalar

Category

Skip to content