2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Geologiyada raqamli yechimlar — inson omilini kamaytirish orqali korrupsiyaga qarshi kurash

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, “Navoiyuran” davlat korxonasida ham korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va bu boradagi profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va tushuntirish ishlari

Korxonada O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni (2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida komplaens nazorat xizmati faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu xizmat xodimlari tomonidan barcha bo‘linmalarda qonunchilik talablarini tushuntirish, xodimlarda huquqiy madaniyatni oshirish va “nul tolerantlik” muhitini shakllantirish maqsadida muntazam ravishda uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.

Har bir bo‘lim va bo‘linmada korrupsiyaga qarshi immunitetni mustahkamlash, korrupsion huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tashkiliy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Korxonada tuzilgan shartnomalar, o‘tkazilgan tender va tanlovlarning qonuniyligi, shaffofligi hamda ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi doimiy nazorat ostida. Shu bilan birga, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar topgan xodimlar uchun anonim tarzda murojaat etish imkonini beruvchi mexanizmlar joriy etilgan.

Raqamli yechimlar – korrupsiyaga qarshi samarali vosita

“Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi samarali vosita sifatida qaralmoqda.

Geologiya sohasida olib borilayotgan qidiruv ishlaridan tortib, zaxiralarni o‘zlashtirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish yo‘nalishida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, burg‘ilangan geotexnologik quduqlarda olingan geofizik ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonini raqamlashtirish orqali aniqlik va tezkorlik oshirilmoqda. Shu maqsadda, “Zafarobod” kon boshqarmasida geofizik ma’lumotlar dispetcherlik markazi tashkil etilmoqda. Mazkur markaz faoliyati ishlab chiqarishda inson omilini keskin kamaytirish, buyurtmalarni elektron ro‘yxatga olish, geologik va geofizik ma’lumotlarni aniq tahlil qilish imkonini beradi.

Hamkorlik va zamonaviy yondashuv

Joriy yil yakuniga qadar “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnoma asosida “Uchquduq” koni zaxiralari raqamli texnologiyalar asosida qayta baholanmoqda. Natijada konning geologik materiallari yagona elektron bazada jamlanib, barcha jarayonlar tezkor, shaffof va inson aralashuvisiz boshqariladigan tizimga o‘tadi.

Shuningdek, yer qa’rini geologik o‘rganish va undan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalar, ekspertiza xulosalari hamda yer va kon ajratmalarini rasmiylashtirish jarayonlari ham to‘liq elektron shaklda — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Ma’naviy muhit va ijobiy natijalar

Korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlarda mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini oshirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar korxonadagi ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirib, korrupsion holatlarning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xayrulla Axadov, Bosh geolog 

Sahifalar

Category

Skip to content