2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida xaridlar jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilgan

“Navoiyuran” davlat korxonasida xarid jarayonlarini ochiq, shaffof, raqobatbardosh va xolis tarzda tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-71-sonli Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Shu maqsadda korxonada davlat xaridlarining shaffofligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda xarid jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan barcha xaridlar bo‘yicha e’lonlar, ma’lumotlar va natijalar muntazam ravishda yexarid.uzex.uz, xt-xarid.uz portali hamda navoiyuran.uz rasmiy saytida e’lon qilib borilmoqda.

Davlat xaridlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan asosiy tamoyillar — kasbiy mahorat, moliyaviy oqilonalik, tejamkorlik, xolislik, tizimning yaxlitligi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik talablariga to‘liq mos holda tashkil etilmoqda.

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida “Navoiyuran” DK tomonidan 9 309,3 milliard so‘mlik 4 324 ta shartnoma rasmiylashtirilgan. Xarid turlari kesimida bu ko‘rsatkich quyidagicha taqsimlandi:

  • 2 338,4 mlrd so‘mlik 1 031 ta shartnoma – elektron kooperatsiya portali orqali;
  • 1 384,6 mlrd so‘mlik 927 ta – O‘zRTXB (Spot) orqali;
  • 7,5 mlrd so‘mlik 44 ta – elektron auksion;
  • 1,7 mlrd so‘mlik 49 ta – milliy do‘kon;
  • 211,2 mlrd so‘mlik 596 ta – elektron do‘kon;
  • 35,0 mlrd so‘mlik 14 ta – elektron tanlov;
  • 287,9 mlrd so‘mlik 4 ta – tender;
  • 77,6 mlrd so‘mlik 1 382 ta – fuqarolik tusidagi shartnoma;
  • 4 965,4 mlrd so‘mlik 277 ta – to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar.

Shundan 1 224,7 mlrd so‘mlik 133 ta shartnoma yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan bo‘lsa, 3 740,7 mlrd so‘mlik 144 ta shartnoma O‘RQ-684-sonli Qonun va PQ-3953-sonli Qaror asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan.

Korxona tomonidan mablag‘lardan oqilona foydalanish va xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ichki bozor tahlil qilindi, elektron savdolar orqali boshlang‘ich narxni pasaytirish hisobiga 14,9 milliard so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.

Bundan tashqari, 2025-yil uchun va yilning barcha choraklari bo‘yicha xarid reja-jadvallari, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import toifasidagi ish va xizmatlar ro‘yxati Kuzatuv kengashi yig‘ilishida tasdiqlanib, exarid.uzex.uz portaliga joylashtirildi.

Bugungi kunda “Navoiyuran” DKda zamonaviy xaridlarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha ham ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ichki va xalqaro tajribalarni o‘rganish asosida 1C-ERP tizimini tatbiq etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali barcha xarid jarayonlarini avtomatlashtirish, shaffoflikni yanada oshirish va inson omilini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tizimli yondashuv korxonada davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish, sog‘lom raqobat tamoyillarini mustahkamlash va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Anvar Ergashev, xaridlarni rejalashtirish bo‘limi boshlig’i

Sahifalar

Category

Skip to content