2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Tashqi iqtisodiy faoliyatda shaffoflik ta’minlanmoqda

Bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasida ham tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etuvchi Bojxona yuklarini deklaratsiyalash va sertifikatlashtirish xizmati samarali faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur xizmat tomonidan korxonaning tayyor mahsuloti — uran chala oksidi belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, barcha zarur sertifikat va hujjatlar bilan ta’minlanadi.

Xizmat mutaxassislari mahsulotning xalqaro standartlarga mosligini, hujjatlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash orqali xalqaro hamkorlar bilan barqaror va ishonchli hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu esa korxonaning eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarda milliy mahsulotimiz nufuzini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalqaro bojxona kuni munosabati bilan ushbu sohada fidokorona mehnat qilayotgan barcha mutaxassislarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, mas’uliyatli faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“Navoiyuran” DK uran chala oksidi tayyor mahsulotini ishlab chiqaruvchi va yuz foiz eksport qiluvchi yirik korxona hisoblanadi. Demakki, bojxona yuklarini deklaratsiyalash va sertifikatlashda bojxona organlari bilan hamkorlik muhim yo‘nalishlaridan biridir.

2025-yil davomida korxonada tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etish, eksport salohiyatini barqaror ta’minlash hamda xalqaro talablarga to‘liq rioya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, bojxona rasmiylashtiruvi, tovarlarni tasniflash va eksport jarayonlarini muvofiqlashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatni ta’minlash doirasida bojxona rasmiylashtiruvi ishlari tizimli va belgilangan tartibda amalga oshirildi. Jumladan, eksport, vaqtinchalik olib chiqish, reimport, erkin muomalaga chiqarish hamda vaqtincha saqlash bojxona rejimlari va eksportni qayta rasmiylashtirish bo‘yicha jami 57 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirildi. Bu ko‘rsatkichlar korxonada tashqi iqtisodiy jarayonlar uzluksiz va qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, uran mahsulotini eksport qilish jarayonida mahsulot yuklangan bochkalarni mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan yog‘och mahsulotlariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro fitosanitar talablardan kelib chiqqan holda, ushbu yog‘och materiallarining zararsizlantirilganligi to‘g‘risida jami 482 ta fitosanitar sertifikat rasmiylashtirildi. Bu, o‘z navbatida, eksport qiluvchi mamlakatlar talablariga to‘liq javob berish va logistika jarayonlarida ortiqcha to‘siqlarning oldini olish imkonini bermoqda.

Hisobot davrida xaridi rejalashtirilgan tovarlarning to‘g‘ri tasniflanishiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 6511 turdagi tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari aniqlandi hamda ular yuzasidan tegishli xulosalar berildi. Bu ishlarning o‘z vaqtida va aniq bajarilishi bojxona to‘lovlari hisob-kitobining to‘g‘ri yuritilishiga hamda huquqiy tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qildi.

Bugungi kunda korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot to‘liq eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, Koreya Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, AQSh, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning qator yirik kompaniyalari bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda. Bu hamkorliklar korxona mahsulotining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligi va ishonchli sherik sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.

Sahifalar

Category

Skip to content