2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasi BMT Global Shartnomasiga qo‘shildi

“Navoiyuran” davlat korxonasi inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro tamoyillarni yanada chuqurroq integratsiya qilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi (United Nations Global Compact — UNGC) tashabbusiga qo‘shildi.

Ushbu qadam kompaniyaning barqaror rivojlanish, mas’uliyatli boshqaruv va ochiqlik yo‘lidagi qat’iy intilishini namoyon etadi. “Navoiyuran” DK endilikda dunyo miqyosidagi 24 mingdan ortiq korxona qatorida o‘z faoliyatida BMTning 10 ta tamoyiliga rioya etish majburiyatini zimmasiga oladi.

BMT Global Shartnomasi — bu dunyodagi eng yirik korporativ barqarorlik tarmog‘i bo‘lib, uning maqsadi — biznesni ijtimoiy va ekologik jihatdan mas’uliyatli tamoyillarga moslashtirishdir.

“Navoiyuran” DK ushbu tashabbusga qo‘shilish orqali o‘z strategik rivojlanishida inson huquqlarini himoya qilish, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

UN Global Compact a’zosi sifatida “Navoiyuran” davlat korxonasi har yili o‘z faoliyatidagi yutuqlarni Communication on Progress (CoP) shaklida hisobot tariqasida taqdim etadi. Ushbu hisobot korxonaning xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanish sur’atlarini ochiq namoyish etish imkonini beradi.

Korxona yaqin kelajakda Global Shartnoma doirasidagi mintaqaviy va xalqaro dasturlariva BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga hissa qo‘shuvchi boshqa tashabbuslarda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Sahifalar

Category

Skip to content