2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash ishlarida shaffof mexanizmlarni joriy etish — korrupsiyasiz kelajak garovi

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoni sohada yangi davrni boshlab berdi. Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “Navoiyuran” DK tizimida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror ushlab turishda Bosh mexanik xizmati muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash jarayonlari katta miqdordagi moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar aylanmasini talab qilishi bois, bu yo‘nalishda shaffoflikni taʼminlash korrupsiyaviy xavflarni minimallashtirishning asosiy omilidir.

Shaffoflikni taʼminlashdagi quyidagi asosiy qadamlar belgilab olingan.

Monitoring: Taʼmirlash ishlarini rejalashtirishdan tortib, ularni qabul qilib olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar monitoring qilib borilmoqda. Bu esa har bir ehtiyot qismning harakatini kuzatish imkonini beradi.

Xaridlar shaffofligi: Taʼmirlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilinishida ochiq tender va tanlovlar o‘tkazilishi qatʼiy nazoratga olingan. Bu yerda narxlarning sunʼiy oshirilishi yoki past sifatli mahsulotlar yetkazib berilishiga chek qo‘yiladi.

Meʼyorlashtirish va nazorat: Texnik xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan yoqilg‘i-moylash materiallari va ehtiyot qismlarning qatʼiy meʼyorlari belgilanib, ularning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha ichki audit tizimi kuchaytirildi.

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik: Taʼmirlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni tanlashda «yaqin qarindoshlik» yoki «shaxsiy manfaatdorlik» holatlarini aniqlash bo‘yicha komplayens-nazorat tizimi samarali ishlamoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Davlatimiz rahbarining yuqoridagi Farmoni asosida ishlab chiqilgan ish rejaga asosan “Navoiyuran” DK mexanika xizmatida shunday tizim yaratishki, unda nohalollikka o‘rin qolmasin. Har bir xodim korrupsiya korxona iqtisodiyotiga va uning nufuziga bevosita zarba ekanligini chuqur his qilishi lozim.

Mazkur jarayon texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlikning taʼminlanishi nafaqat korrupsiyani jilovlaydi, balki texnikalarning xizmat qilish muddatini uzaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Bizning shiorimiz — «Shaffof taʼmirlash — samarali ishlab chiqarish!»

 Bir so‘z bilan aytganda, Taʼmirlash-mexanika sexi va har bir ishlab chiqarish bo‘linmasidagi ishchi-xodimlarning ongida “korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” degan tushunchani shakllantirish bizning ustuvor vazifamizdir. PF-270-son Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bu islohotlar korxonamizning iqtisodiy barqarorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Anvar Xo‘jayev

“Navoiyuran” DK bosh mexanigi

Sahifalar

Category

Skip to content