2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Davlat ishtirokidagi korxonalar Kuzatuv Kengashlari mustaqil a’zolarining ikkinchi xalqaro forumi o‘tkazildi

Forum davlat ishtirokidagi korxonalarda transformatsiyani chuqurlashtirish, samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda davlat aktivlarini boshqarishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratildi.

Forumda “Navoiyuran” davlat korxonasi Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari – janob Kevin Kim va janob Vahid Tavfik ishtirok etishdi.

Shuningdek, Forumning ikkinchi qismida janob Kevin Kim so‘zga chiqib, “Navoiyuran” korxonasida amalga oshirilgan transformatsion jarayonlar haqida so‘z yuritdi. Janob Kim o‘z nutqida korporativ boshqaruv tizimining takomillashuvi, Kuzatuv kengashi faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi va ochiqlik hamda javobgarlik tamoyillarining amaliyotga joriy etilgani haqida ta’kidladi.

Janob Kim, shuningdek, korxonada tashkil etilgan Xavflarni boshqarish bo’limi, mustaqil Audit qo‘mitasi va Korporativ kotib xizmatining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu tashabbuslar korxonada boshqaruvni yanada tizimli va shaffof qilishga xizmat qilmoqda.

Forum yakunida ishtirokchilar davlat korxonalarida zamonaviy boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, mustaqil a’zolarning rolini kuchaytirish va xalqaro tajribalarni keng joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar. Tadbir, o‘z navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalarda transformatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish va korporativ boshqaruvning yangi bosqichiga o‘tish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Sahifalar

Category

Skip to content