2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Xalqaro mutaxassislar “Navoiyuran” dala maydonlarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Xalqaro texnik yig‘ilish ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida “Navoiyuran” davlat korxonasining dala maydonlarida bo‘lib, amaliyot jarayonida geologik tadqiqotlar va ilmiy tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mehmonlar Uran geologiyasi markaziga qarashli Janubiy Bukinay dala maydonida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari bilan tanishdilar. Korxona geologlari ularga hududda amalga oshirilayotgan qidiruv va resurslarni baholash ishlari, uran zahiralarini oshirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan usullar hamda qumtoshli turdagi uran konlarini izlash va o‘zlashtirish sohasidagi ilg‘or innovatsion yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar kern namunalarini ko‘zdan kechirib, yer osti qatlamlarining litologik va mineralogik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Bu jarayon xalqaro ekspertlarga qumtoshli uran konlarining geologik tuzilishi va uran minerallarining tarqalish qonuniyatlarini chuqurroq anglash imkonini berdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Zafarabod” kon boshqarmasiga qarashli 2-sonli geotexnologik konning 20-mahalliy sorbsiya uchastkasini ham ko‘zdan kechirishdi. Bu yerda mehmonlar uranni yer ostida ishqorlash usuli orqali qazib olish texnologiyasining amaliyotdagi jarayonini kuzatdilar. Korxona texnologlari ularga ishqorlash jarayonida qo‘llaniladigan kislorod va sulfat kislotasi miqdorini aniqlash, moddalarning yer osti qatlamlari bilan o‘zaro ta’siri va uranni ajratib olish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbir xalqaro mutaxassislar uchun uran sanoatidagi zamonaviy geotexnologik ishlanmalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishning muhim maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Bu kabi amaliy tashriflar nafaqat “Navoiyuran” DKning ilmiy salohiyatini namoyon etadi, balki O‘zbekistonning uran qazib olish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi yutuqlarini jahon miqyosida tanitishga xizmat qilmoqda.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content