2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Yaponiya kompaniyasi delegatsiyasi korxonaga tashrif buyurdi

“Navoiyuran” davlat korxonasida Yaponiyaning “Ishigaki Company, Ltd.” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida korxonaning investitsiyalar bo‘yicha direktori Xudoyor Meliyev hamda marketing va savdo bo‘yicha direktori Hasan Safarov mehmonlarga korxona faoliyati, uning investitsiyaviy loyihalari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘rnatilgan uzoq muddatli hamkorlik aloqalari haqida ham so‘z yuritildi.

O‘z navbatida “Ishigaki Company, Ltd.” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Vataru Ishigaki kompaniyaning tarixi, faoliyat sohalari va bugungi kunda 50 dan ortiq davlatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, kompaniya tomonidan uran sanoati uchun ishlab chiqarilayotgan innovatsion texnologik yechimlar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Ishigaki Company, Ltd.” Kompaniyasi 1958-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 262 ta uskunaga oid patentlarga ega. Kompaniya dunyoning 50 ta mamlakatida faoliyat yuritadi hamda Xitoy, AQSh, Germaniya va Avstraliya kabi davlatlarda 8 ta sho‘ba korxonasiga ega. Yaponiyaning Kagava prefekturasida, Xitoyning Tsyansu provinsiyasida va Tailandda zavodlari va ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi. Kompaniya filtrlar, separatorlar, nasoslar va boshqa yordamchi uskunalarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, suv ta’minoti, kanalizatsiya va nasos tizimlariga oid uskunalarni loyihalash va o‘rnatish ishlarini ham amalga oshiradi.

Sahifalar

Category

Skip to content