2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

ZAFAROBODDA BOQIY QADRIYATLAR QADRLANDI

Zafarobod qo’rg’onidagi markaziy o’yingohda “Navoiyuran” davlat korxonasi hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Zafarobod hududiy boshqarmasi mehnat jamoalari ishtirokida “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan ommaviy sayil bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Yoshlik”, “Uchquduq” va “Nurobod” madaniyat uylari ijodiy jamoalari va folklor-etnografik ansambllari tomonidan konsert dasturi namoyish etidi. Shuningdek, xonanda Feruza Jumaniyozovaning konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Navro‘z bayram sayli “Navoiyuran” davlat korxonasi “Zafarobod” kon boshqarmasi va “NKMK jamg‘armasi” DM Zafarobod hududiy boshqarmasi mehnat jamoalari tomonidan tayyorlandi.

Korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayev, Konimex tumani hokimi Ruslan Ro’ziyev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar sayilda namoyish etilgan turli ko’rgazmalar, milliy taomlar bilan tanishdi.

Bayram saylida milliy xalq dorbozlik o‘yinlari ham namoyish etildi.

Ayniqsa, jasur va chaqqon dorbozlar va polvonlarning turli tomoshalari yig‘ilganlarda katta taasurot qoldirdi.

Bayram dasturidan o‘rin olgan mushoiralar, turli musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy dorbozlik o‘yinlari yig‘ilganlarga  manzur bo‘ldi.

Sayilda turli xalq va sport o‘yinlari, laparu aytishuvlar, ayniqsa, o‘lmas qadriyatlarimizning namoyishi tadbirni haqiqiy xalqona bayramga aylantirdi.

Saylda turli sport musobaqalari, milliy xalq o‘yinlari, xususan, arqon tortish, milliy kurash, qo‘l kurash, tosh ko‘tarish kabi turlaridan bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“Navoiyuran” davlat kopxonasi tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan Zafarobod qoʻrgʻoni aholisiga sifatli tibbiy xizmatlarni koʻrsatishni taʼminlash maqsadida zamonaviy reanimobil tez yordam mashinasi hamda 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun maktab avtobusi sovgʻa qilindi.

Shuningdek, geotexnologik konlar uchun bir qancha ishlab chiqarish texnikalari olib berildi.

Bayram tomoshalari nafaqat milliy qadriyatlar namoyishi, balki, ishchi-xodimlar uchun o’ziga xos sinov maydoni bo’lgani bilan ahamiyatli bo’ldi.

Sayil davomida mehnat jamoalarining Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olishda faol ishtirok etishlarini ta’minlash, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, mehnatkashlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, Zafarobod qo‘rg‘onida turli soha vakillari orasida do‘stona munosabatlarni hamda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan tanlov tashkil etildi.

Yakunda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Umumxalq saylini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” tanlovini baholash bo‘yicha komissiya xulosasiga ko‘ra eng kuchli 3 ta jamoasi aniqlandi.

Tanlovda “Zafarobod” kon boshqarmasi 1 va 2 geotexnologik konlari, “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi, “Nurobod” va “Uchquduq” ishlab chiqarish maydonlari hamda “NKMK Jamg‘armasi” DM “Zafarobod” hududiy boshqarmasining jamoalari ishtirok etishdi.

G’oliblarga korxona rahbariyati va 6-Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sahifalar

Category

Skip to content