Zakovat
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Nurobodda “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

Unda “Navoiyuran” davlat korxonasi “Nurobod” ichlab chiqarish maydoni, “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi, “NKMK jamg‘armasi” DM Nurobod hududiy boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlardan iborat jamoalar o‘zaro bahslashdi. Har bir korxonadan ikkitadan jamoa o‘z tashkilotlarini sharafini himoya qilishdi.

Qiziqarli savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yin natijalariga ko‘ra “Nurobod” ishlab chiqarish maydonining “Uran” va “Kelajak” jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Yakunda g‘olib jamoalarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.