SULFAT KISLOTASI ISHLAB CHIQARISH SEXINING 2024-YIL FAOLIYATI SARHISOBI
“Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi 1985-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan. Sex o‘tgan qariyib 40 yillik faoliyati davomida hozirgi kunga qadar 15 million tonnaga yaqin sulfat kislotasi ishlab chiqardi. Ushbu mahsulotlar “Navoiyuran” DKning geotexnologik konlari texnologiyasi hamda “NKMK” AJ gidrometallurgiya zavodlari va Navoiy viloyatining kimyo-energetika komplekslarini sulfat kislotasi bilan ta’minlab kelmoqda.
2024-yilda reja bo‘yicha sulfat kislotasi ishlab chiqarish 510 000 tonna bo‘lib, amalda 525 000 tonnani yoki rejaga nisbatan ko‘rsatkich 103% ni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi va innovatsion loyihalar doirasida sexda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, quritish absorbsiya bo‘limi uchun 900XNG-5-5-M11/25G-9-2 markali sovutgichlari, qumoqli oltingugurt bo‘limi ushun oltingugurt eritish qurilmalari, chiqindi bug‘larini saqlab qolib suvni iqtisod qilishu uchun bug‘ kondensatorlari ishlab chiqildi hamda sexning ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan xarajatlarini kamaytirish maqsadida chiqindi bug’idan foydalangan holda binolarni isitish va issiq suv ta’minoti tizimi qurilmasi qurilishi amalga oshirildi. Bundan tashqari, geotexnologik konlari uchun polietilen quvurlari ishlab chiqarish “Ekstruder” qurilmasi qurilib, ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga quyildi.
Hozirgi vaqtda sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexini texnik qayta jihozlash loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarish uskunalari yangilanmoqda hamda nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika, texnik jarayonni avtomatik boshqarish tizimlari modernizatsiya qilinmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatli elementlarni kompleks qayta tiklash dasturi ishlab chiqilib, laboratoriya sharoitida ishlatilgan vanadiy katalizatoridan vanadiy pentoksidini olish texnologiyasi yaratildi.
Joriy 2025-yilda ham bu kabi loyihalar davom ettirilib, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish rejalashtirilmoqda.