2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASI BOSH DIREKTORI YOSH MUTAXASSISLAR BILAN UCHRASHDI

Uchrashuv davomida yoshlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalari, raqamlashtirish bo‘yicha takliflari hamda faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Xususan, burg‘ilash va texnologik jarayonlardagi quduqlar faoliyatini tahlil qilish, karotaj ma’lumotlarini raqamlashtirish, so‘ruvchi nasoslar samaradorligini oshirish, korxona xodimlarining ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini yig‘ish imkonini beruvchi raqamli platformani yaratish, shuningdek, mehnat xavfsizligi yo‘nalishida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida korxona rahbari yosh mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ishlab chiqarishga innovatsion g‘oyalarni keng joriy etish, amaliy ahamiyatga ega yangi loyihalar sonini ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi Kengashi raisiga korxonada faoliyat yuritayotgan barcha tashabbuskor yoshlarni qamrab olish, ularning takliflarini muntazam o‘rganish hamda yoshlar bilan doimiy va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

“Navoiyuran” DK PR xizmati

Sahifalar

Category

Skip to content