2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari tanqidiy tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi

Bugun, 24-iyul kuni “Navoiyuran” davlat korxonasida Bosh direktor Djamal Fayzullaev rahbarligida korxona faoliyatining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosi hamda ikkinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Ta’kidlanganidek, hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 8,6 trillion so‘mni tashkil etib, reja 102,0 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 113,5 foizni tashkil qildi. Geologiya-qidiruv ishlari rejasi 103,4 foizga, texnologik burg‘ilash ishlari 131,5 foizga, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 106,2 foizga, uran qazib olish ko‘rsatkichi esa 101,7 foizga bajarildi.

🟢Shuningdek, eksport hajmi rejasi 110,3 foizga ijro etildi va o‘sish sur’ati 142,4 foizni tashkil qildi. Investitsiya dasturi doirasida 80,8 million AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilib, reja 107,7 foizga bajarildi. Tannarxni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 272,5 milliard so‘m iqtisod qilinib, belgilangan reja 153,9 foizga bajarildi. Davlat budjetiga 3,1 trillion so‘m miqdorida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilib, prognoz ko‘rsatkichi 126,7 foiz bilan ta’minlandi.

🟢Yig‘ilish davomida Bosh direktor ayrim yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmaganini tanqidiy tahlil qildi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar faoliyatiga aniq baho berilib, mas’uliyat va shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Bosh muhandis Anvarjon Saparov ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash hamda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berdi.

🟢Korxonaning geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori Sherali Jo‘raev uran zaxiralarini ko‘paytirish, yangi istiqbolli hududlarda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari hamda aniqlangan zaxiralarni Davlat zaxiralar komissiyasida tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi.

🟢Shuningdek, Axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Jo‘raev korxonada raqamlashtirish jarayonlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlarini ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimlariga keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Хususan, 2026-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etish, korporativ axborot tizimlarini rivojlantirish hamda IT-infratuzilmani modernizatsiya qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

🟢Yig‘ilish yakunida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Sahifalar

Category

Skip to content