2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDAGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

“Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Djamal Fayzullayev hamda Geologiya fanlari universiteti rektori A’zam Kadirxodjayev ishtirokida universitet mutaxassislari tomonidan geologiya sohasiga raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Taqdimotlar davomida uran konlari va geologik ma’lumotlarni raqamlashtirish, mavjud geologik ma’lumotlar bazasi asosida konlarning 3D modellarini yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti mutaxassislari tomonidan kern namunalari ma’lumotlari, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari uchun quduqlardan olinadigan karotaj (geofizik) ma’lumotlarini raqamlashtirish, uran konlariga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda zaxiralarni aniqlash va tahlil qilishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt modullarini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida korxona Bosh direktori Geologiya fanlari universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, korxonada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha aniq muddatlar va bosqichlarni belgilash muhimligini ta’kidladi.

“Navoiyuran” DK PR xizmati

Sahifalar

Category

Skip to content