“Navoiyuran” davlat korxonasining 2026-yil yanvar-mart oylari faoliyatiga oid asosiy ko‘rsatkichlari
Hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish3,7 trillion so‘mni yoki rejaga ko‘ra 100,1 foizni, o‘sish surʼati esa 2025 yilning mos davriga nisbatan 106,0 foizni tashkil etdi.
Geologiya-qidiruv ishlari prognoz ko‘rsatkichi 111,5 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 111,7 foizni tashkil etdi, texnologik burg‘ilash ishlari 154,3 foiz o‘sish surʼati bilan 137,0 foizga, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 101,8 foiz o‘sish surʼati bilan 105,8 foizga va uran qazib olish 111,0 foiz o‘sish surʼati bilan 102,1 foizga bajarildi.
Eksport hajmi ko‘rsatkichlari 191,2 foiz o‘sish surʼati bilan 108,8 foizga bajarildi.
Investitsiya dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida korxonada 136,5 foiz o‘sish surʼati bilan 35,5 mln dollar kapital qo‘yilma o‘zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 106,0 foizgabajarildi hamda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturidagi 15 ta loyiha doirasida 41,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz ko‘rsatkichi 101,4 foizgabajarildi, o‘sish surʼati 136,1 foizni tashkil etdi.
Sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliy korxonalardan mahsulot xarid qilish hisobot davrida 449,2 mlrd so‘mlik yoki shu davr prognoziga nisbatan 100,5 foizga mahsulot xarid qilinib, o‘sish surʼati 158,9 foizni tashkil etdi.
Importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 14,8 mln dollarga yoki prognozga nisbatan 100,8 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 137,8 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida jami tannarxni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi korxona bo‘yicha 144,8 mlrd so‘mni tashkil etdi, rejaga ko‘ra190,2 foizga bajarildi hamda o‘sish surʼati 171,3 foizga taʼminlandi.
Budjetga to‘lovlar va soliqlar qiymati 1,2 trillion so‘mni yoki prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 109,9 foizni tashkil etdi.