«Navoiyuran» DK delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro moliyaviy institutlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi



V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Navoiyuran» davlat korxonasi Bosh direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A. Turaboyev boshchiligidagi delegatsiya yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar va potensial investorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, Abu Dhabi Commercial Bank hamda Rothschild & Co vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar davomida tomonlar korxonaning joriy faoliyati, amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuvlar «Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro xamkorlik aloqalarini mustahkamlash va jahon moliyaviy hamjamiyati bilan muloqotni yanada kengaytirishga xizmat qildi.