2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DK vakillari Londonda investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi

“Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari Buyuk Britaniyaning London shahrida xalqaro investorlar uchun qator taqdimotlar o‘tkazib, muzokaralar olib bordi.


Tadbirlar davomida investorlarga korxonaning 2025-yil yakunlari bo‘yicha asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda
2026-yilda kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, 2025-yilda London fond birjasida joylashtirilgan yevrobondlarning sarflanishi, yevroobligatsiyalarni xarid qilgan investorlar va potensial sarmoyadorlar bilan hamkorlik istiqbollari, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan IPO jarayonlari xususida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar chog‘ida investorlar tomonidan korxonaning istiqboldagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish rejalari, sulfat kislotasi narxining tannarxga ta’siri, investitsion dasturlar, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, dividend siyosati, uran mahsulotlarini sotish bo‘yicha yangi shartnomalar, jahon bozoridagi uran narxi o‘zgarishi hamda mahsulotni xaridorlarga yetkazib berishning muqobil yo‘nalishlari yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Tadbir doirasida JP Morgan Chase banki hamda “Navoiyuran” DK o‘rtasida korxonani IPO jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutuvchi memorandum — Highly Interested Letter imzolandi.

Bundan tashqari, JP Morgan Chase investitsion banki mutaxassislari bilan “Navoiyuran” DKda likvidlilikni boshqarish va cash management tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, kelgusidagi o‘zaro tranzaksiyalar masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Sahifalar

Category

Skip to content