2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

FITCH RATINGS “NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASINING KREDIT REYTINGINI IJOBIYGA O‘ZGARTIRDI

  • Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings⁠ “Navoiyuran” davlat korxonasining kredit reytingini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga (Positive Outlook) o‘zgartirdi hamda korxonaning “BB” darajasidagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini tasdiqladi.
  • Fitch Ratings tomonidan kredit reyting “Ijobiy” darajaga o‘zgartirilishi korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
  • Mazkur qaror korxonaning moliyaviy barqarorligi, strategik ahamiyati, uran bozoridagi mustahkam o‘rni hamda istiqboldagi rivojlanish salohiyatiga berilgan xalqaro baho hisoblanadi.
  • Ushbu natija “Navoiyuran” davlat korxonasida amalga oshirilayotgan transformatsiya, samarali korporativ boshqaruv tizimi va barqaror rivojlanish strategiyasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi sifatida baholanmoqda.

Sahifalar

Category

Skip to content