2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

VILOYAT HOKIMI ZAFAROBOD QO‘RG‘ONIDA BO‘LDI

Bugun “Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayev viloyati hokimi Normat Tursunov bilan birgalikda Zafarobod mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi turmush tarzi bilan tanishdi.

O‘tgan 2024-yil davomida qo‘rg‘onchada ko‘plab qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bu ezgu maqsadga qaratilgan ishlar joriy yilda ham keng ko‘lamda davom etmoqda.

Xususan, mahallaning zamonaviy yangi qiyofasini yaratish, infratuzilmalarni mustahkamlash, qurilish, obodonlashtirish, investitsiya kiritish ishlari belgilab olingan.

Viloyat hokimi hududdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 25 gektarlik maydonda tashkil etilgan bog‘da bo‘ldi. Bog‘ning sug‘orish tizimlari holati, ularni yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Korxona rahbari viloyat hokimiga hududda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Zafarobod markaziy bozoriga ham borib, tadbirkorlar va xaridorlar bilan muloqotda bo‘ldi. Aholi uchun zamonaviy va barcha qulayliklarga ega savdo markazlarini qurish loyihasi bilan tanishib, bozor atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

Zafarobod qo‘rg‘onining Shodlik ko‘chasi o‘tgan 2024-yilda asfaltlashtirilib, ko‘cha bo‘ylab tungi chiroqlar va o‘rindiqlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu bilan ko‘chaning aholi uchun fayzi o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Kundalik hayotda ko‘cha bo‘ylab sayr qilish, ham piyoda ham avtoulovlarda harakatlanish yanada yengillashdi.

Viloyat hokimi mazkur ko‘chada bo‘lib, mas’ullar bilan aholi uchun yanada kengroq qulayliklar yaratish borasida fikr almashdi.

Shuningdek, viloyat rahbari mahalladagi 16-maktab bo‘ldi. Maktabda 1000 nafar o‘quvchi bo‘lib, 86 nafar pedagoglar jamoasi ta’lim berishadi. Viloyat mutasaddilari maktabda yaratilgan sharoitlar, to‘garaklar faoliyati, kutubxona fondi, sport zal holati bilan tanishdi. Tashrif davomida iqtidorli, san’atga qiziquvchi o‘quvchilar bilan muloqot qilindi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu maktabda o‘quvchilarning yo‘lini yaqin qiluvchi maktab avtobusi ham olib kelinib, maktab ixtiyoriga berilgan. Mazkur avtoulovda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirildi.

Kunning ikkinchi yarmida qo‘rg‘oncha infratuzilmasi bilan tanishdi.

Zafarobod qo‘rg‘onining Shodlik ko‘chasi o‘tgan 2024-yilda asfaltlashtirilib, ko‘cha bo‘ylab tungi chiroqlar va o‘rindiqlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu bilan ko‘chaning aholi uchun fayzi o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Kundalik hayotda ko‘cha bo‘ylab sayr qilish, ham piyoda ham avtoulovlarda harakatlanish yanada yengillashdi.

Viloyat hokimi mazkur ko‘chada bo‘lib, mas’ullar bilan aholi uchun yanada kengroq qulayliklar yaratish borasida fikr almashdi.
Shuningdek, viloyat rahbari mahalladagi 16-maktab bo‘ldi. Maktabda 1000 nafar o‘quvchi bo‘lib, 86 nafar pedagoglar jamoasi ta’lim berishadi. Viloyat mutasaddilari maktabda yaratilgan sharoitlar, to‘garaklar faoliyati, kutubxona fondi, sport zal holati bilan tanishdi.

Tashrif davomida iqtidorli, san’atga qiziquvchi o‘quvchilar bilan muloqot qilindi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu maktabda o‘quvchilarning yo‘lini yaqin qiluvchi maktab avtobusi ham olib kelinib, maktab ixtiyoriga berilgan. Mazkur avtoulovda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirildi.

 

Sahifalar

Category

Skip to content