2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

ZAFAROBODDA “NAZM VA NAVOLAR” KECHASI O‘TKAZILDI

Yuksak ma’naviyat va bebaho adabiy meros sohibi – Alisher Navoiy! Uning ijodi asrlar osha xalqimizga ma’rifat va ma’naviy ziyo ulashib kelmoqda.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat markazida “Nazm va navolar” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Kechada O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Navoiy viloyat hududiy bo‘limi xonanda va sozandalari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar va go‘zal raqslar ijro etildi.

Tadbirga “Zafarobod” kon boshqarmasi ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari taklif etildi. Navoiy g‘azallari ijrosidagi ashulalar, maqom san’atining betakror namunalari tinglovchilarga manzur bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir davomida Navoiy asarlarining mazmun-mohiyati va ularning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikrlar bildirib o‘tildi.

Ushbu tadbir buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, aholi orasida adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan.

Sahifalar

Category

Skip to content