KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!
“Navoiyuran” davlat korxonasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda ushbu sananing 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bayramona tadbir tashkil etildi.
Shodiyonada korxona rahbariyati, muhandis-texnik va ishchi-xodimlar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayev so‘zga chiqib, mehnat jamoasini qutlug’ sana bilan muborakbod etdi.
Tabrikda ta’kidlanganidek, har qanday davlatning yuzi, obro‘ – e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir. Konstitutsiyada umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy amaliyoti hamda o‘zbek davlatchiligi an’analari, ko‘p asrlik milliy urf-odatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalari va insonparvarlik g‘oyalari chuqur singdirilganligini uning har bir moddasidan anglash mumkin. Bularning barchasi, yurtdoshlarimiz singari korxonamiz jamoasining ham kelgusidagi hayot tarzini yanada yaxshilash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq hujjatlarning tegishli qonunlar talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqilishi va ijro etilishini ta’minlashdagi fidokorona mehnati hamda 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
32 yilligi munosabati bilan yuridik xizmati boshlig’i A.Mustafayev korxona Faxriy yorlig’i bilant taqdirlandi.
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bayramona tadbir “Farhod” madaniyat saroyi hamda “Yoshlik” madaniyat uyi ijodiy jamoalarining kuy-qo‘shiq va raqslari bilan davom etdi.
“Navoiyuran” DK axborot xizmati