2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

MAS’UL RAHBARLAR ISHTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun “Navoiyuran” davlat korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimini takomillashtirish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur yo‘nalishlardagi asosiy vazifalar, amalga oshirilgan ishlar va amaliy natijalar haqida mas’ul rahbarlar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, “Navoiyuran” DK Komplayens xizmati boshlig‘i Alisher Mustafoyev korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va faoliyatda shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. 2026-yilda korxona faoliyatining 240 ta funksiyasi korrupsiyaviy xavf nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. 790 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi ko‘rib chiqildi.

Geologiya va qidiruv bo‘yicha direktor Sherali Jo‘rayev korxonaning tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

Matbuot anjumanida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. “Navoiyuran” DK Mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ‒ mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i Kamoljon Urakov xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi.

Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi bo‘yicha 10 ta tarkibiy bo‘linmada 6 marotaba maqsadli va keng qamrovli tekshiruv hamda 9 marotaba navbatdan tashqari tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat va 2026-yilning sakkiz oyi yakunlari bo‘yicha “Navoiyuran” DK Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash xizmati boshlig‘i Odil Sharopov ma’lumot berdi. Fuqarolar bilan muloqot yo‘nalishida ham aniq ko‘rsatkichlar qayd etildi. Yanvar-avgust oylarida “Navoiyuran” DKga jismoniy va yuridik shaxslardan 554 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 511 tasi qanoatlantirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqotni ta’minlash maqsadida 9 marotaba onlayn muloqot tashkil etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida OAV vakillarining savollariga korxonaning tegishli yo‘nalishlari uchun mas’ul rahbarlar tomonidan aniq ma’lumotlar asosida javoblar berildi. Matbuot anjumanida qayd etilganidek, “Navoiyuran” DKda korrupsiyaviy xavflarni boshqarish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ochiq muloqot kanallarini rivojlantirish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sahifalar

Category

Skip to content