YOSHLAR MUROJAATLARI AMALIY YECHIM TOPMOQDA
Xabaringiz bor, har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” o‘tkaziladi. Ana shu tashabbus doirasida Konimex tumani Xalq qabulxonasida “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Djamal Fayzullayev hamda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.



Unda oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari, shuningdek, ayni paytda ish izlayotgan yoshlar qatnashdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, xususan, ishga joylashish va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan bevosita rahbariyatga murojaat qildilar.


Muloqot davomida yoshlarning bilim va mutaxassisligidan kelib chiqib, ularni “Navoiyuran” davlat korxonasi hamda boshqa tashkilotlardagi mavjud vakansiyalarga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.



Muayyan kasb va mutaxassislikka ega bo‘lmagan yoshlarni esa talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, zarur ko‘nikmalarini shakllantirish va kelgusida bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.