Skip to content
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Faoliyatning asosiy turlari

Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 

Kompaniyaning asosiy bo‘linmalari:

● Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida joylashgan “Zafarobod” kon boshqarmasi;

● Navoiy viloyatining shimoliy qismida joylashgan “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni;

● Samarqand viloyati va Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni;

● Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan Uran ishlab chiqarish zavodi.

“Navoiyuran” davlat korxonasini tashkil etishning asosiy maqsadi Ozbekiston Respublikasining Qizilqum mintaqasida tabiiy uran qazib olish va uran oksidini eksport qilishdir.

Hozirgi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasi barqaror va jadal rivojlanish yo‘lida dadil odimlayotgan va o‘z mahsulotlarini 100 foiz eksportga yo‘naltirayotgan yirik korxonalardan biridir. Uning asosiy ishlab chiqarish mahsuloti tabiiy uran va ammoniy perrinati (reniy) bo‘lib, “Zafarobod” kon boshqarmasi, “Uchquduq” va “Nurobod” ishlab chiqarish maydonlarida joylashgan umumiy 11 ming gektarlik hududdagi 21 ta uran konlari hamda bu konlarni o‘zida birlashtirgan 6 ta geotexnologik konlarda qazib olinmoqda. 2030 yilgacha yana 6 ta konni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Uran ishlab chiqarish zavodi, “Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM va uning 3 ta geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi, Geologiya-qidiruv partiyasi, Sulfat kislota ishlab chiqarish sexi, Plastmassa quvurlari va mahsulotlari ishlab chiqarish sexi va boshqa yana onlab sex va uchastkalarda 9300 nafardan ortiq soha fidoyilari kunni tunga ulab mehnat qilishmoqda.

“Navoiyuran” DK Ozbekiston Respublikasidagi yagona tabiiy uran ishlab chiqaruvchisi va dunyodagi eng yirik (TOP-5) uran ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan xomashyo Ozbekiston Respublikasida ishlatilmaydi, balki dunyodagi yirik qayta ishlash kompaniyalariga – toliq xorijga eksport qilinadi.
Bugungi kunda uranning asosiy tasdiqlangan, baholangan va prognoz qilingan zaxiralari Markaziy Qizilqum va Ziyovuddin-Zirabuloq mintaqalarida toplangan. Uranning mavjud mineral-xom ashyo bazasi onlab yillar davomida yer osti quduqlarini yuvish orqali barqaror uran qazib olishni ta’minlaydigan zaxiralarni oz ichiga oladi.
Uran narxining barqaror osishi uranga qoshimcha ravishda qadimiy tog jinslarida va kompleksga boy noyob tuproqlarda joylashgan noan’anaviy konlarni qazib olishni boshlashga imkon beradi.

Ozbekiston Respublikasi “Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik” (IAEA) va Butunjahon yadro assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi va shu munosabat bilan “Navoiyuran” davlat korxonasi davlat bitimi boyicha oz majburiyatlarini bajaradi. Hozirda kompaniya ORANO (Fransiya), “Cameco Corporation” (Kanada), “Korea Hydro & Nuclear Power Co., Ltd” (Koreya respublikasi), Konverdin (AQSh), Hindiston hukumatining “Atom energiyasi departamenti” kabi kompaniya va korporatsiyalarga uran oksidi tayyor mahsulotini yetkazib bermoqda.

Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

● tabiiy uran qazib olish va uni U3O8 oksidiga qayta ishlash;

● U3O8 uran oksidi eksport savdosi;

● Nh4reo4 AR-0 markali ammoniy perrenatidan tayyor mahsulot olish bilan birga yer ostida ishqorlash  orqali eritmalaridan reniyni qazib olish;

● Korxona oz ehtiyojlari va Ozbekiston Respublikasi korxonalari ehtiyojlari uchun sulfat kislotasi ishlab chiqarish;

● Korxona ozi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”AJ ehtiyojlari uchun polietilen va polivinilxloriddan tayyorlangan quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish.