2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Djamal Fayzullayevning 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli korxona jamoasi!

Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilanchin qalbimdansamimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va xalqimizning bebaho merosidir. U ajdodlarimizdan avlodlarga o‘tib kelayotgan tariximiz, madaniyatimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan, xalqimizni yagona maqsad va ezgu intilishlar yo‘lida birlashtiradigan buyuk ma’naviy kuchdir.

Yangi O‘zbekistondadavlat tilining nufuzi va mavqeini yuksaltirish, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini rivojlantirish va uni zamon talablari asosida ravnaq toptirish barchamizning muhim vazifamizdir.

“Navoiyuran” davlat korxonasida ham davlat tiliga hurmat ruhini mustahkamlash, ish yuritishda o‘zbek tilining me’yorlariga rioya etish va milliy ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifalardan biridir.
Darhaqiqat, ona tilimizga ehtirom — milliy o‘zligimizga sadoqat va Vatanimiz taraqqiyotiga daxldorlikning muhim ifodasidir.

Ishonamanki, ona tilimizning boy imkoniyatlarini keng namoyon etish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarimiz Yangi O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyoti hamda milliy o‘zligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.

Davlattilimizning nufuzi, xalqaro miqyosdagi o‘rni va jozibasi hamisha yuksalaversin! O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Sahifalar

Category

Skip to content