“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş aksiyasi ötkazildi
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng kölamli köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Tadbirda tumandagi taşkilotlar mehnat jamoalari, nuroniylar va keng jamoatçilik iştirokida köçat ekiş jarayoniga start berildi.






Bugun, “Birgalikda yaşil kelajak sari” şiori ostida, Konimex tumani hududida korxona Boşqarmasi xodimlari va işlab çiqariş maydoni mehnat jamoasi iştirokida kuzgi daraxt ekiş aksiyasi ötkazildi.
Tadbir doirasida hududni tayyorlaşga alohida e’tibor qaratildi. Böş yer maydonlari tekislanib, şudgorlandi, tuproq unumdorligini oşiriş va namlikni saqlaşga qaratilgan agrotexnik tadbirlar töliq amalga oşirildi. Bu yondaşuv ekilgan köçatlarning tez ildiz otişi, soğlom ösişi va barqaror rivojlanişini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega.






Daraxt köçatlarini ekiş, yaşil hududlarni kengaytiriş va atrof-muhitni obodonlaştiriş işlari olib borildi. Ezgu taşabbusning asosiy maqsadi — ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil maydonlarni köpaytiriş va kelajak avlod uçun musaffo tabiatni yaratişdir.
Kuzgi mavsumda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Navoiyuran” DK xodimlari tomonidan qayrağoç daraxt köçatlari ekildi. Bu kabi xayrli taşabbusga qaratilgan tadbirlar korxonaning barça tarkibiy bölinmalarida davom ettirilmoqda.