2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Ona tilimizga ehtirom — milliy o‘zligimizga ehtirom!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida milliy adabiyotimiz dahosi, turkiy til ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan hazrat Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, ijodkor ziyolilar, adabiyot ixlosmandlari, talaba-yoshlar hamda korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda “Navoiyuran” davlat korxonasining bir guruh xodimlari ham ishtirok etib, buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar. Ushbu ramziy marosim ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom, milliy merosimizga sadoqat ifodasi bo‘ldi.

Buyuk mutafakkir xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, uning boy ma’naviy merosini yod etish va ona tilimizga bo‘lgan hurmatni namoyon etishga qaratilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Sahifalar

Category

Skip to content