2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

SINOV LABORATORIYASIGA MA’QULLASH TO‘G‘RISIDAGI GUVOHNOMA TAQDIM ETILDI

Sifat, aniqlik va ishonchlilik ‒ zamonaviy laboratoriya faoliyatining asosiy mezonlaridir.

“Navoiyuran” davlat korxonasi tasarrufidagi Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (MITL) Sinov laboratoriyasi O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 3410:2019 talablari asosida texnik malakaliligini ma’qullashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Jarayon yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan laboratoriyaga Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etildi.

Guvohnoma laboratoriyada amalga oshirilayotgan sinov va tahlil ishlarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, natijalarning aniqligi va ishonchliligini tasdiqlovchi muhim hujjat hisoblanadi.

Hujjatda ko‘rsatilgan ma’qullash sohasi doirasida laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligi rasman tasdiqlangan. Shuningdek, guvohnomaning amaldagi holati “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimining tris.uz reyestrida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

MITL Sinov laboratoriyasining texnik malakaliligini ma’qullashdan o‘tishi korxonaning uran mahsulotlari sifatini nazorat qilish tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va global bozor talablariga moslashish imkoniyatlarini mustahkamlaydi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi jamoasi nomidan MITL Sinov laboratoriyasi xodimlariga muhim natijaga erishishdagi fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va mas’uliyatli yondashuvi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Jamoaning kelgusidagi faoliyatida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sahifalar

Category

Skip to content