2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“NAVOIYURAN” DKNING XALQARO HAMKORLIK GEOGRAFIYASI KENGAYMOQDA

“Navoiyuran” DK ishchi guruhi tomonidan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xorijiy mamlakatlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida joriy yilning 2-10-oktabr kunlari Avstraliyaga xizmat safari amalga oshirilmoqda. Ishchi guruh tarkibida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i G.T. Qodirov ham ishtirok etmoqda.

Xizmat safari davomida G‘arbiy Avstraliya mintaqasida joylashgan istiqbolli uran maydonlarida geologik o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayon davomida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashildi, shuningdek, uran zaxiralarini hisoblash amaliyoti bo‘yicha istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalqaro Uran Konferensiyasi – 2026 doirasida Janubiy Avstraliya mintaqasida joylashgan Samphire uran maydonida olib borilgan tajriba-sanoat ishlari natijalari bilan yaqindan tanishildi. Mutaxassislarga maydondagi minerallashuv bosqichlari, geologiya-qidiruv ishlari hamda qazib olish jarayonlariga tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

7-8-oktabr kunlari ishchi guruh Adelaida shahrida AQSh, Kanada, Avstraliya, Namibiya, Xitoy, Argentina, Hindiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning 50 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida o‘tkazilgan Global Uranium Conference – 2026 xalqaro konferensiyasida qatnashdi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston uran sanoatining erishayotgan natijalari, “Navoiyuran” DKning ishlab chiqarish salohiyati hamda xorijiy mamlakatlarda uran qazib olish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Xalqaro tashrif va muzokaralar doirasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, professional aloqalarni mustahkamlash hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Sahifalar

Category

Skip to content