X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Innovatsion va ilmiy faoliyat

Innovatsiya – samaradorlikni oshirish sari yo‘l

Bugungi kunda sanoatda ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali, ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyati yaratildi. “Navoiyuran” DKda ham sohada yangi innovatsion yondoshuvlar olib borilmoqda. Shular qatorida, siqilgan havo yordamida ma’danlarni oksidlashning joriy etilishi tarkibida yuqori karbonatli uran konlarini o‘zlashtirish va rudani samarali qazib olish imkonini berdi. Bu karbonatli maydonlarda ishqorlash jarayonida sulfat kislotasining o‘ziga xos iste’molini 30% dan ko‘proq kamaytirishga imkoniyat yaratdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti ishqorlash maydonida oksidlovchi vosita – gazsimon kislorod ishlab chiqarishga imkon beradigan uskunaning joriy etilishi yana bir muhim texnik qaror bo‘ldi. Absorbsion kislorod stansiyalarining  joriy etilishi “Aulbek”, “Shimoliy Konimex”, “Sugrali” va “Teriquduq” konlarida kislorodli oksidlash texnologiyasi orqali ishlab chiqarishni  ko‘paytirishda muvaffaqiyatli qadam boldi. Sohada zamonaviy texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘ngi yutuqlari, innovatsion ishlanmalarning izchil tatbiq etilishi mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini yanada oshirish imkonini bermoqda.

“Navoiyuran” DKda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi va  2022-yil uchun “Navoiyuran” DKni innovatsion rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturdagi 18 ta innovatsion loyihalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi uranni qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar sonini kengaytirishga katta zamin yaratadi.

“Navoiyuran” DKni innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:

  1. geologik qidiruv;
  2. konchilik ishlari;
  3. qayta ishlash va boyitish;
  4. transport;
  5. energetika;
  6. avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
  7. mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi;
  8. ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: 

– konchilik ishlari tannarxi, materiallar va reaktivlar, yoqilg‘i, energiya xarajatlari, transport uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish;

– atrof-muhitni muhofaza qilish va yer osti boyliklarini qazib olishning to‘liqligi; 

– uran va noyob yer elementlarini qo‘shimcha ajratib olish;

-texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish;

-ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mustahkamligi va xavfsizligini oshirish;

– ishlab chiqarish jarayonlarini tashkiliy boshqarish darajasini oshirish; 

– eksportbop ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini ko‘paytirish; 

“Navoiyuran” DK mamlakatimizning quyidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan samarali hamkorlik qilmoqda:

-Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

-O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyas Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;

– Yadro fizikasi instituti;

– Toshkent davlat texnika universiteti va boshqalar.

“Navoiyuran” DKning 20 ga yaqin ixtirolari va foydali modellari O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan patentlangan.

Sahifalar

Skip to content