2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayevning O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan korxona jamoasiga bayram tabrigi

Hurmatli geologiya sohasi fidoyilari, faxriylar, qadrli jamoamiz a’zolari!

An’anaviy kasb bayramini nishonlayotgan soha fidoyilarini va faxriylarini, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha geologlarni O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman hamda sizlarga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. 

Uran geologiyasi – strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotimizni mustahkamlashda katta o‘rin tutadi. Siz, aziz geologlar, yer qa’rining boyliklarini o‘rganish, yangi uran konlarini aniqlash va ularni samarali o‘zlashtirish borasida fidokorona mehnat qilib, mamlakatimiz kelajagi yo‘lida beqiyos hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Bugungi kunda Davlatimiz Rahbariyati tomonidan korxonamiz oldiga, milliy uran sanoati oldiga ulkan vazifalar qo‘ymoqda va uni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda. Dunyo miqyosida energetika sohasida uranning ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, sizlarning izlanishlaringiz va mehnatingiz natijasida yurtimizda zamonaviy geologik tadqiqotlar olib borilmoqda, yangi konlar ochilib, sohaning barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda.

 Qadrli do‘stlar!

Ishonchim komilki, bundan keyin ham korxonamiz geologlarining bilim va salohiyatlari milliy iqtisodiyotimizning ajralmas qismi bo‘lgan uran sanoatini yanada rivojlantirib, aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oldimizda hali ulkan rejalar turibdi. Uran qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim ishlarni amalga oshirishimiz lozim.

Ushbu ezgu yo‘lda har biringizning fidokorona mehnatingiz va kasbiy mahoratingiz korxonamiz va sanoatimiz taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sahifalar

Category

Skip to content