Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri boshchiligidagi delegatsiyasining Xitoyga xizmat safari xususida
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov boshchiligidagi ishchi guruh Xitoyning Shijyashuang shahrida boʻlib, “Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd.” korxonasining zavodi va ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi hamda korxona rahbariyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi “Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd.” korxonasi tomonidan Respublika togʻ-kon sanoati ehtiyojlari uchun zarur burgʻilash uskunalarini yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, delegatsiya “CNNC Airborne Survey and Remote Sensing Center” ilmiy markazi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, “Hebei Ruishi Bits Manufacturing Co. Ltd.” korxonasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.