Skip to content
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASI HAM RESPUBLIKADA ENG YUQORI NUFUZLI XALQARO KREDIT REYTINGINI QOʻLGA KIRITDI

Transformatsiya mamlakat iqtisodiyoti faoliyatining barqarorligi va samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2022-yil 14-iyulidagi PQ-319 sonli qaroriga muvofiq korxonani transformatsiya qilish natijasida xalqaro kredit reytingini olish hamda korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish vazifasi belgilangan.

Jumladan, Standard&Poorʻs Global Ratings agentligi “Navoiyuran” DKning uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB-/barqaror (Stable) va yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB-ekanligini belgilab, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yirik sanoat davlat korxonalari ichida ikkinchi oʻrinni egallaganligi tasdiqlandi.

Shu bois, “Navoiyuran” davlat korxonasi balansidagi 17 ta muhim konlarning uran zaxiralari Avstraliyaning JORC code standartlariga muvofiq 71 ming tonna etib baholandi hamda 2022-2023-yillar uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) talablari asosida birinchi bor tayyorlangan moliyaviy hisobotlariga “Katta toʻrtlik  (BIG FOUR)” safiga kiruvchi Deloitte xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy” auditorlik xulosasini berdi.

Xususan, Standard&Poorʻs Global Ratings hisobotiga koʻra “Navoiyuran” DK jahonda uran ishlab chiqarish boʻyicha 5-oʻrindaligi hamda ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha boshqa uran ishlab chiqaruvchi nufuzli xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng past ekanligini tasdiqladi.

Xalqaro reyting agentligi, korxonaning transformatsiya dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, korxonaning uzoq yillik strategiyasi va maqsadli koʻrsatkichlari, operatsion samaradorlik tadbirlari, korxona boshqaruviga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar faoliyati, korporativ boshqaruv tizimi transformatsiyasi, atrof muhit, ijtimoiy va korporativ (ESG) tamoyillarini joriy etish maqsadida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (ISO 45001), energiya samaradorligini boshqarish (ISO 50001), axborot xavfsizligi (ISO 27001) ekologik (ISO 14001) va sifat menejmenti (ISO 9001) boʻyicha qoʻlga kiritilgan xalqaro sertifikatlar, Global Reporting Initiative standartlariga asosan 2022 va 2023-yillar uchun ishlab chiqilgan “Barqarorlik hisobotlari” (Sustainability report) oʻrganib chiqildi.

Shu bilan birga, Standard&Poorʻs Global Ratings agentligi Fransiyaning “Orano mining” va Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” kabi xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan strategik hamkorlik kelishuvlariga muvofiq olib borilayotgan investitsiya loyihalari korxonani yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati borligini eʼtirof etdi.

Maʼlumot uchun: Standard&Poorʻs Global Ratings —xalqaro reyting agentliklaridan biri boʻlib, agentlik xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun xalqaro reytinga ega boʻlgan kompaniyalar toʻgʻrisida mustaqil tahlil asosida maʼlumotlar va xulosalar beradi.